NIYOZJONXOʻJA (18-a. 2-yarmi — 19-a. boshlari, Xiva) — xorazmlik ma-qomchixonanda, sozanda va bastakor. 19-a. boshlarida Buxoroga borib, Shashmaqomning ashula va cholgʻu yoʻllarini oʻrgangan, ularning Xo-razmda keng tarqalishida muhim rol oʻynagan. Xorazm Buzruk maqomidagi Saqili Niyozjonxoʻja va b. bir qancha kuylar muallifi. Niyozjonxoʻjaning ishini shogirdlari (Mahsumjon Qozi, Usta Muhammadjon Sanduqiy, Komil Xorazmiy, Ahmadjon Tabibiy va b.) davom ettirib, Xorazm maqomlariga yangi kuy va ashula yoʻllarini kiritgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые