NIYOZ MUHAMMAD HOʻQANDIY

NIYOZ MUHAMMAD HOʻQANDIY, Mullo Niyoz Muhammad Hoʻqandiy Niyoziy bin Mullo Ashur Muhammad (taxm. 1802/03—1878-y. dan soʻng) — qoʻqonlik tarixchi, shoir. 1860-y. N. M. H. Qanoatshoh boshliq Qoʻqon qoʻshinlarining Pishpak, Uch Olmati va Uzun Ogʻochga, 1861—62 y. larda esa Turkiston atrofiga qilgan yurishida ishtirok etgan. Shundan soʻng harbiy xizmatdan ketib, Qoʻqonda oʻz mahallasida tinch mehnat b-n band boʻlgan. «Tarixi jadidai Toshkand» muallifi Muhammad Solihxoʻja Toshkandiy uni attorlik mollari b-n savdo qiluvchi savdogar deb ataydi. «Niyoziy»taxallusi bilan sheʼrlar bitgan. Niyoz Muhammad Hoʻqandiy «Tarixi Shoxruxiy» asarini Xudoyorxon topshirigʻiga koʻra yozgan (1871—72). Asar Shohruxbiy davridan boshlab 1872-y. gacha Qoʻqon xonligida sodir boʻlgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy oʻzgarishlarni qamrab olgan. Ayniqsa, muallifning oʻzi ishtirok etgan voqealar bayoni ilmiy jihatdan qimmatli. Asar Qoʻqon xonligi tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.

Ad.: Bobobekov H., Qoʻqon tarixi, T., 1996; Beysembiyev T. K., «Taʻrixi Shaxruxi» kak istoricheskiy istochnik, AlmaAta, 1987.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x