NITROGLITSERIN

NITROGLITSERIN, glitserin trinitrat, trinitrin, O2NOCH(CH2ONO2) 2 — glitserin va nitrat kislotaning murakkab efiri. Mol. m. 227,14; rangsiz yopishqoqsuyuklik, zichligi 1,591 g/sm3 (25° da), qotish t-rasi 13,2°. Benzinda, suvda erimay-di, atseton, efir va benzolda yaxshi eriydi. Glitserinni nitrat va sulfat kislota aralashmasida eterifikatsiyalab olinadi. Nitroglitserinni ilk bor 1846-y. da italiyalik olim A. Sobrero sintez qilgan. 19-a. ning 60—70-y. larida A. Nobel (q. Nobellar) taklifiga binoan, sanoat miqyosida i. ch. yoʻlga qoʻyilgan. Nitroglitserin juda kuchli portlovchi modda. Tutunsiz porox, shuningdek, dinamit i. ch. da qoʻllanadi. Tibbiyotda spirtdagi 1% li eritmasi va tabletkasi ishlatiladi. Asosan, bosh, yurak va gavdaning yuqori qismi terisidagi kon tomirlarni ken-gaytiradi. Yurak va miya tomirlari spazmida buyuriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x