NITROBENZOL

NITROBENZOL, C6H5NO2 — sargʻish-yashil moysimon suyuklik, achchiq bo-dom hidi keladi. Mol. m. 123,11. Suyuqlanish t-rasi 5,85°, qaynash t-rasi 211°, zichligi 1,2037 g/sm3. Kimyoviy xossalariga koʻra, aromatik nitrobi-rikmalarning yaqqol vakili. Suvda oz eriydi, dietil efir, benzol bilan har qanday nisbatda aralashadi, boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Sanoatda Nitrobenzol benzolni konsentrlangan HNO3 va H2SO4 aralashmasi bilan uzluksiz nitrolash yoʻli bilan olinadi. Anilin, tarkibida azot tutgan aromatik birikmalar (Mas, benzidin, xinolin, azobenzol) i. ch. da xom ashyo, sellyuloza efirlari uchun erituvchi, organik buyagichlar va b. olishda boshlangʻich mahsulot sifatida qoʻllanadi. Nitrobenzol zaharli. Teri orkali shimiladi, markaziy nerv sis-temasiga kuchli taʼsir qiladi, moddalar almashinuvini izdan chiqaradi, qondagi gemoglobinni oksidlab, metgemoglobinga aylantiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x