NITROANILINLAR

NITROANILINLAR — organik bi rikmalar. Mol. m. 138,12; sariqrangli kristall moddalar. Issik, suvda, etanolda, dietilefirda, benzol, atseton, xloroformda yaxshi eriydi. Aromatik aminlar va nitrobirikmalarning xos-salarini namoyon qiladi. Kuchli anorganik kislotalar bilan tuzlar beradi. 2 – va 3 – N. ishqorlar bilan birga qizdirilganda tarkibidagi NH2 guruhi NH, koʻrinishida ajralib chiqib, tegishli nitrofenollarga aylanadi. Nit-rolanganda di – va polinitroanilinlar hosil boʻladi. Bulardan 2,4 – dinit-roanilin (mol. m. 183,12, suyuqlanish t-rasi 187—188°, zichligi 1,615 g/sm3) va 2, 4, 6 – trinitroanilin (mol. m. 229,12, suyuklanish t-rasi 188— 189°, zichligi 1,762 g/sm3) ahamiyatli hisoblanadi. Mononitroanilinlar (azoaminlar) — och va toʻq sariq, qizil rangli boʻyagichlar olishda, oqartiruvchi modda, pigment va korroziya ingibitori sifatida qoʻllanadi. 2, 4-dinitroanilin dis-pers azoboʻyagichlar, pigmentlar i. ch. da, organik sintezda va b. da ishlatiladi. Nitroanilinlar zaharli. Koʻz shilliq pardasi va te-riga kuchli taʼsir qiladi, terida pig-mentlanish va ekzemaga olib keladi, yurak-tomir va markaziy nerv siste-masiga, jigar faoliyatiga salbiy taʼsir qiladi, qondagi gemoglobinni metgemoglobinga aylantiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x