NITRITLAR

NITRITLAR — nitrit kislota tuzlari. Ishqoriy metallar va ammoniy N. i koʻproq, ishqoriy-yer metallar, qoʻrgoshin va kumush N. i nisbatan kam-roq ishlatiladi. Kaliy, natriy, bariy N. i suvda yaxshi eriydi, kumush, simob, mis N. i esa oz eriydi. Nitritlarning aksariyati spirt, efir va b. organik erituvchilarda juda oz eriydigan termik bekaror birikmalar. Faqat ish-qoriy metallarning Nitritlari parchalanmay suyuklanadi, qolganlari 25— 300° da parchalanadi. Nitritlarning ajralish jarayoni murakkab boʻlib, parallel va ket-ma-ket reaksiyalarni oʻz ichiga oladi. Asosiy gazeimon ajralish mahsulotlari — NO, NO2, N2 va O2, qattiq moddalar sifatida metall oksidi yoki elementar metall boʻladi. Neytral muhitda Nitritlar azot (N)-oksid NO gacha kay-tariladi, kislotali muhitda esa nit-ratlargacha oksidlanadi. Organik galo-genidlar bilan reaksiyaga kirishib organik Nitritlar RONO qamda nitrobi-rikmalar hosil qiladi. Sanoatda nit-rozo gazini (NO+NO2 aralashmasi) ishqoriy metallar karbonatlari yoki gidroksidlari eritmalariga yuttirish (absorbsiyalash) yoʻli bilan olinadi. Boshqa metallarning Nitritlari NaNO2 ga metallarning tuzlarini taʼsir ettirib almashinish reaksiyasi yordamida yoki shu metallar nitratlarini qaytarish yoʻli bilan olinadi. Azo boʻyagichlar sintezida, kaprolaktam i. ch. da, oziq-ovqat konservantlari oʻrnida, rezina i. ch. da, toʻqimachilik va metallni qay-ta ishlash sanoatida oksidlovchi va kaytaruvchi, amilnitrit C5HnONO va b. tibbiyotda qon tomirni kengaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x