NITRATLAR, metall nitratlari — nitrat kislota HNO3 tuzlari. Rangsiz kristallar; oddiy sharoitda barqaror. Yuqori t-rada kislorod ajratib chiqarib parchalanadi. Nitratlar parchalanganida tarkibidagi metallning faolligiga qarab turlicha maqsulotlar hosil boʻladi. Mas, ishqoriy va ish-qoriy-yer metallarning Nitratlari parchalanganida nitritlar hosil boʻladi va kislorod ajralib chiqadi; ogʻir metallarning Nitratlari parchalanganida metall oksidi, azot (1U)-oksid va kislorod hosil boʻladi. Ammoniy nitrat NH4NO3, kaliy nitrat KNO3, kalsiy nitrat (CaNO3)2 selitralar deb ataladi. Nitratlar nitrat kislotani metallar, oksidlar, gidr-oksidlar va baʼzi tuzlarga taʼsir etti-rib olinadi. Turli sanoat sohalarida, q. x. da oʻgʻit sifatida, portlovchi moddalar i. ch. da, boʻyoqchilikda tezob sifatida qoʻllanadi. Nitratlar zaharli. Odam oʻpkasida shish paydo qiladi, koʻngilni behuzur qiladi, yoʻtaltiradi, oʻtkir yurak-tomir yetishmovchiligi va b. ga sabab boʻladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые