NITRAMINLAR, N-nitroaminlar — molekulasidagi NO2 guruqi organik radikallarga azot atomlari orqali bogʻlangan organik birikmalar. Nitraminlar birlamchi RNHNO2 va ikkilamchi RRʻNNO2boʻlishi mumkin (bu yerda R,Rʻ — alkil yoki aril radikallari). Aro-matik Nitraminlar, odatda, qattiq moddalar, alifatik Nitraminlar suyuklik yoki suyuklanishi qiyin qattiq moddalardir. Birlamchi alifatik Nitraminlar kislotalar taʼsirida spirt va azot (1)-oksid NO ga aylana-di, ikkilamchisi esa kislotalar taʼsiriga chidamli, ammo konsentrlangan H2SO4 taʼsirida aldegidlar va nitrit kislotagacha parchalanadi. Koʻpchilik birlamchi Nitraminlar ishqorlar b-n tuz hosil qiladi. Quyi Nitraminlar nihoyatda portlovchi. Nitraminlar gerbitsidlar, oʻstiruvchi modda, antiseptik, fiziologik faol modda va portlovchi moddalar sifatida ishlatiladi (Mas, trinitrofenilmetilnitramin — tetril, siklotrimetilentrinitramin — geksogen, siklotetrametilentetranitramin — oktogen).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые