NISBATDOR MASJIDI

NISBATDOR MASJIDI — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1901). Abduqodir Boqiyev boshchiligida qurilgan. Aka-uka Zayniddin va Shamsiddin Gʻafurovlar (gʻisht teruvchi), usta Saʼdulla (ganchkor), usta Mahmud (naqqosh)lar katnashgan. Eski masjid oʻrnida pishiq gʻishtdan qurilgan xonaqoh va unga jan. tomondan tutashgan keng ayvondan iborat. Ayvon qarshisida uncha baland boʻlmagan qirrali minora joylashgan. Nisbatdor masjidi baland supa ustiga qurilgan. Xonaqoqning sharqiy tarzi 3 ravoqli, oʻrta qismidagisining 2 yoni guldastali. Ravoqlarning har birida eshik, tepasida tobadoni bor. Tobadoni ganchkori panjarali, girih naqshlar qirma uslubida ishlangan. Ayvoni oʻziga xos, 2 eshikli, shipi nozik ganchkori bezakda qizil va koʻk boʻyoqlar bilan pardozlangan. Gʻarbiy ayvon devoridagi mehrob va uning yon tomonlaridagi namoyonlar hashamdor koʻrinishda, mehrob tokchasida muqarnasning iroqi uslubi qoʻllanilgan. Ayvon oʻrtasidagi ustun boshasi madohil naqshli, tanasiga egri-bugri yoʻlli naqshlar ishlangan. Xonakoh bezagi sodda, mehrob bezagida oʻyma naqshlar saqlangan. Ayvondagi oʻymakori eshikka ishlangan nakshlar orasida bino qurilgan sana yozilgan. Nisbatdor masjidi xalq ustalari tomonidan ijodiy hamkorlikda yaratilgan noyob meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi.

Ad.: Zohidov P., Samarqandskaya shkola zodchix XIX — nachalo XX veka, T., 1965.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x