NIRVANA (sanskritcha, aynan – soʻlish) — buddizm va jaynizmnmt asosiy tushunchasi. Inson intilishining oliy holatini, maqsadini ifodalaydi. Buddizmda Nirvana — inson ichki dunyosining mukammalligi, orzu-istaklarsm yashash hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatlar. Buddizm taraqqiyoti jarayonida etik-psixologik Nirvana tushunchasiga uni mutlaq degan tasavvur ham qushildi. Jaynizmda Nirvana — materiya kishanidan, tugʻilish va oʻlishga hech qanday aloqasi boʻlmagan tashvishlaridan ozod jonning mukammal holati.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые