NIPPUR

NIPPUR (hoz. Niffer yoki Nuffar, Iroqdagi Bagʻdod va Basra sh. lari orasida) — qad. Shumer shaharlaridan biri, uning bosh diniy markazi (mil. av. 3-ming yillik boshi — 2-ming yillik boshlari). Mil. av. 3-ming yillikda Nippurda shumeriylarning maxalliy maʼbudlari — «togliklar» (Enlil boshchiligida) va Eridu — «dengiz» (Enki boshchiligida) maʼbudlarini birlashtirgan bir sajdagohi (panteon) qurilgan. Mil. av. 18-a. da Nippur Bobil tomonidan bosib olingan. Shu munosa-bat bilan Nippur diniy markaz sifatidagi rolini Bobilga bergan. Bobilning bosh maʼbudi Marduk, oliy maʼbud Bela nomini olgan Enlil deb eʼtirof etila boshlangan.

Nippur diniy markaz sifatida Shumer shahar-davlatlari hayotida katta rol oʻynagan. Nippur kohinlari tan olmagan bironta ham podsho Shumerda tan olin-magan. Nippur ibodatxonasida kutubxona bar-po etilgan boʻlib (mil. av. 3-ming yillik), unda tarix, geogr., astronomiya, botanika, zool., filologiya va b. fanlarga oid shumeriylarning risolalari ilohiyot, munajjimlik-sehrgarlikka (ularning koʻpchiligi mil. av. 1-ming yillikda Ashshurnasirpal va Ashshur-banipal kutubxonasi olimlari tomonidan qayta koʻchirilgan) oid asarlar bilan birga saqlangan. Mil. av. 2-ming yillik boshida kutubxona Elam istilochisi Kudurmabuk tomonidan yok,ib yuborilgan. Mil. av. 2 — 1-ming yilliklarda N. Bobilning «erkin shahri» sifatida ichki muxtoriyat huquqiga ega boʻlgan. Axomaniylar davrida (mil. av. 5-a.) N. da Murashu savdosudxoʻrlik uyi mavjud boʻlgan (unda katta arxiv huj-jatlari saqlangan). Soʻngra Nippur kimsasiz shaharga aylanib, sosoniylar davrida nekropol boʻlgan Nippurda kazishma ishlari 19-a. dan olib boriladi; Enlil (Ekur) ibodatxonasi, maktab, kutubxona (80 xonadan iborat, 80 mingga yaqin mixxat hujjatlari, shundan 23 minggi kutubxonaning eng qad. davriga oid), xususiy uy-joylar va b. topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x