NIOBATLAR

NIOBATLAR — niobat kislota tuzlari. Niobatlar jumlasiga meta — MeNbO3 va orto — Me3Nb04, piro — Me4Nb207 va poliniobatlar Me2OnNb2O5 kiradi. Bu yerda Me — bir valentli kation, p=2n-1,2. 2, 3, 4 valentli metallarning Niobatlari ham maʼlum. Rangi qora, baʼzan sariq, qizgʻish va qoʻngʻir-qora. Ishuriy va ishqoriy-yer metallarning Niobatlari issiqqa chidamli moddalar. Ular yuqori t-rada suyuklanadi (Mas, NaNbO31417° da, KNbO3 1039° da suyuqlanadi). Niobatlarning tabiiy birikmalari (tarkibida niobiy boʻlgan murakkab minerallar) koʻpincha pegmatitlar va granitlarda dala shpatlari (asosan, albit) bilan birga uchraydi. Niobatlar guruhiga ilmenorutil, piroxlor, eshinit kabi minerallar ham kiradi. Ishqoriy metallar va baʼzi metallarning Niobatlari suvda oz eriydi. Koʻpchilik metallarning Niobatlari segnetoelektrik va pyezoelektrik xossalarni namoyon qiladi. Shuning uchun ulardan keramik segnetokondensatorlar va pyezoelektr kuchaytirgichlar tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x