NIMFA (yun. nymphe — lichinka, kelin, qiz) — gʻumbak davriga ega boʻlmagan boʻgʻimoyoklilarning voyaga yetishidan oldingi davri. Kanalar va chala oʻzgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar (suvaraklar, chigirtkalar, saratonlar, qandalalar va b.) uchun xos. Nimfa tashqi koʻrinishi bilan voyaga yetgan hayvon (imago) ga oʻxshab ketadi, lekin jinsiy organlari va qanotlari (qanotli hasharotlarda) rivojlanmagan boʻladi. Nimfa bir necha marta poʻst tashlagandan soʻng voyaga yetadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые