Nima sababdan kompyuter sekin ishlashi mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Nima sababdan kompyuter sekin ishlashi mumkin?

Ko’p hollarda IT sohasiga endi qadam qo’yganlar, kompyuterda sozlash ishlarini amalga oshirishga vaqt topa olmaydiganlar yoki kompyuterni monitoring qilishni bilmaydiganlar va shunga o’xshash kompyuter foydalanuvchilari, o’z kompyuterlarini ishlashidan norozi bo’lishadi va har xil savollar bera boshlashadi. Nimaga kompyuterim sekin ishlamoqda? Bir necha kun oldin kompyuterim juda tez ishlayotgan edi, keyin sekinlashib qoldi?

Bu postda, kompyuterni sekinlashishiga olib keluvchi sabablar keltirib o’tiladi, agar bu sabablarni yaxshilab anglab, hosil bo’lgan muammolarni yecha olsangiz, o’zingiz kompyuter ishlashini tezlashtirishingiz mumkin bo’ladi.

Demak quyidagi sabablar, kompyuter ishlashini sekinlashtirishi mumkin bo’ladi:

1⃣ Protsessor, most, videokarta va shunga o’xshash tizim bloki ichidagi elementlarning harorati ko’tarilishi(temperatura).

2⃣ Kompyuter reyestrida axlatlar(kerakmas fayllar)ning to’planib qolishi.

3⃣ Operativ xotiraning(OZU, RAM)yetishmasligi.

4⃣ «Файл подкачки«dagi xotiraning yetishmasligi.

5⃣ «Автозапуск« bo’limida, ishga tushiriladigan dasturlarning ko’pligi.

6⃣ Operatsion tizim o’rnatilgan disk hajmining kamayib ketishi(odatda C disk).

7⃣ Operatsion tizim ishini sekinlashtiruvchi virus mavjudligi.

8⃣ Ko’p marotaba fayllarni yozib o’chirish natijasida(dasturlarni o’rnatish, o’chirish holatlari).

9⃣ Protsessor chastotalarini maksimal ishlatish(qandaydir fonda ishlaydigan dasturlarni ishlashi).

1⃣0⃣ Tizim bloki elementlarini chang yopib qolishi, ozodalikka e’tibor bermaslik.

1⃣1⃣ Bir necha antiviruslardan foydalanish.

1⃣2⃣ Kompyuter elementlarining bir qismi ishdan chiqishi natijasida(misol uchun, bitta operativ xotirani buzilishi).

1⃣3⃣ Kompyuter fizik jihatdan eskirgan(kompyuterni ancha yillardan beri ishlashi(misol uchun, 6 yil)).

1⃣4⃣ Internet orqali biror dasturni yangilanib turishi(obnovleniya), siz bilmasligingiz mumkin.

1⃣5⃣ Vinchester o’qish yozish tezligining pastroqligi yoki vinchesterlar RAID1 texnologiyasi asosida klonlanganligi, bunda bitta axborot ikkita vinchesterga yoziladi va biroz sekinlashishi mumkin(bu oddiy uy sharoitida bo’lmaydi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x