NILOMETR

NILOMETRAhmad al-Fargʻoniy boshchiligida abbosiy xalifa alMutavakkilning amri bilan 861-y. da Qohi-ra sh. yaqinidagi Ravzo o. da Nil daryosi suv sathini oʻlchash maqsadida qurilgan inshoot. Baʼzi Sharq mualliflari asarlarida «Miqyos an-Nil», deb ataladi. Nilometr murabba shaklidagi quduq koʻri-nishida boʻlib, Nil daryosi bilan uchta yer osti suv yoʻllari orqali tutashgan. Quduq urtasida oq marmar bilan qoplangan (bal. 10 m chamasida) sakkiz qir-rali ustun oʻrnatilgan. Ustunda suv sat-hini oʻlchashga imkon beradigan yirik darajot boʻlib, u mayda darajotga boʻlingan. Yirik darajot arab tirsak birligi (taxm. 54 sm)ga, maydalari esa uning 1/24 qismi (qirot)ga, yaʼni 2,25 sm ga teng. Kuzatuvchi suv sathi haqida hisob olish uchun aylanma zinapoyadan tushib chiqqan. Nilometr daryo suv sathini katta aniqlikda oʻlchashga imkon bergan. Jahon Meteorologiya Tashkilotiga aʼzo boʻlgan barcha davlatlarda suv hav-zalari (daryolar, koʻllar, suv omborlari, hatto dengiz va okeanlar)ning suv satxlari ham shu prinsipda oʻlchanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x