NIL

NIL (hoz. misrliklar tilida — AlBahr; lot. Nilus, yun. Ntilos) — Afrikadagi dare, Ruanda, Tanzaniya, Uganda, Sudan, Misr hududlaridan oqadi. Dunyoda eng uzun, uz. 6671 km, havzasining mayd. 2870 ming km2. Daryoning bosh irmogʻi Sharqiy Afrikadagi Virunga togʻlaridan Katera nomi bilan boshlanib, Viktoriya koʻliga kelib quyiladi. Daryo mazkur koʻldan Viktoriya-Nil nomi bilan oqib chiqadi. Soʻng Kyoga va Albert koʻllaridan oʻtgach, dastlab Albert-Nil, soʻngra Bahr ulJabal deb ataladi. Yassitogʻ chegarasida koʻplab ostona va sharsharalar (Merchison va b.) hosil qilgan. Sudan tekisligida vodiysi bot-qoqlangan, bu qismida daryo juda se-kin oqadi. Suvining katta qismi bugʻlanishga sarf boʻladi. Nil chapdan Bahr ul-Gʻazal va Bahr ul-Arab daryolari bilan qoʻshilgach, Oq Nil (Bahr ul-Abʼyaz) deb ataladi va Xartum sh. gacha chala choʻl va choʻl zonasidan oqadi. Oʻngdan Asva, Sabat, Koʻk Nil (Bahr ul-Azraq), Atbara kabi oʻnlab irmoqpar qoʻshilgan joydan Nil nomini olgan. Keyingi 3000 km li masofada, yaʼni N. Oʻrta dengizga quyilguncha unga bironta ham irmoq kelib qoʻshilmaydi. Oʻrta dengizga mayd. 24 ming km2 ga . teng delta hosil qilib quyiladi. Deltasida katta va kichik juda koʻp tarmoqlarga boʻlingan koʻllar mavjud. Daryo suvining bir qismi Ibrohimiya kanali va Yusuf tarmogʻi or-qali Birkat-Karun koʻliga quyiladi. Nildan chikarilgan Ismoiliya kanali Suvaysh kanali sohilidagi aholi pun-ktlarini, Mahmudiya kanali Iskanda-riya sh. ni chuchuk suv bilan taʼminlaydi.

Nilning suv rejimi mavsumlarga qarab keskin oʻzgarib turadi. Asvon sh. yonida oʻrtacha suv sarfi 2600 m3/sek. (maksimali 15000 m3/sek., minimali 400—500 m3/sek.), quyilish joyida 2900 m3/sek. Nilning ekvator qismidagi havzasida yoz va qish mavsumlarida, Misr va Sudanning markaziy va shim. hududlarida yoz — kuz oylarida suvi koʻpayadi. Daryoning kuyi ok,imida ayni jazirama yezda suv koʻpayadi. Toʻlinsuv davrining choʻqqisi sent. oyiga toʻgʻri keladi. Oʻrtacha yillik oqim 73,1 km3. Baland Asvon toʻgʻoni qurilgunga qadar daryo quyi oqimiga yiliga 62 mln. m3 loyqa keltirgan. Nil suvi oqimini tartibga solib turish maqsadida Asvon, Baland Asvon toʻgʻonlari, Asvon, NagHammadi, Ul-Fayyum, Ouen-Fols GESlari qurilgan. Daryoning quyilish joyidan Asvon toʻgʻonigacha va oʻrta qismlarida kema qatnaydi. Nil va uning irmoqlarida kema qatnaydigan qismining jami uz. 32 ming km. Nil suvi baliqqa boy. Daryo boʻyida Qohira, Is-kandariya, Xartum va b. shaharlar joylashgan. Nil vodiysi sugʻoriladigan deh-qonchilik asosida yuzaga kelgan qad. sivilizatsiya markazlaridan biri boʻlgan. Lhmad aaFartniy boshchiligida abbosiy xalifa al-Mutavakkilning buyrugʻi bilan 861-y. da Nil suvining sath-ini oʻlchaydigan inshoot qurilgan. Bu qurilma dastlab «Miqyosi jadid» (Miqyos an-Nil), keyinchalik Nilo-metr deb atalgan va hozirga qadar Sayyolat ul-Rod mavzesi (Ravzo o.) da saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x