NIKOSIYA, Lefkosiya — Kipr poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Orolning deyarli qoq markazida, Mesaoriya tekisligida joylashgan. Iklimi subtropik, oʻrta dengiz iklimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 360 mm yogʻin yogʻadi. Shahar oʻrmonsiz dasht zonadagi yashil voha koʻrinishiga ega. Aholisi 270,8 ming kishi (1999, shahar atrofi b-n).
Shaharga taxm. mil. av. 7-a. da asos solingan va dastlab Ledra, keyinroq Levkoteon deb atalgan. Mil. av. 58 y. da shaharni rimliklar bosib olgan va Rim imperiyasi, keyinroq Vizantiya tarkibiga kirgan. 1192—1489-y. larda Kipr salbchilari qirolligi poytaxti. 1570-y. da Usmonli turklar tasarrufiga oʻtgan. 1960-y. dan Kipr Respublikasi poytaxti.
Nikosiya — transport yoʻllari tuguni. Aero-porti xalqaro axamiyatga ega Toʻqimachilik, tamaki, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik (kulolchilik) rivojlangan. Turizm markazi. Arxeologiya muzeyi, Kipr tarixi va madaniyati muzeyi, Sulton Mahmud Nikosiya shahri. Arxiyepiskop saroyi.
II turk kutubxonasi, kartinalar galereyasi, oliy oʻquv yurtlari, teatr bor. Qalʼa devori bilan oʻralgan shahar markazida meʼmoriy yodgorliklardan Ayo Sofiya gotika sobori (hoz. Salimiya masjidi), cherkovlar, Umariya masjidi, arxiyepiskop saroyi, Bediston yopiq bozori va b. saqlantan. Venetsiya qalʼasidan tashqarida koʻplab zamonaviy binolar qurilgan. HIKOTIH, C|0H14N2 — alkaloid, oʻziga xos hidli, moysimon, uchuvchan, rangsiz suyuklik. Qaynash t-rasi 247°, havo taʼsirida qoʻngʻir tusga kiradi. Suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriy-di, kuchli asos. Tamaki va baʼzi boshqa oʻsimliklar tarkibida boʻladi. Ilk bor Yevropaga tamakini fransuz diploman-ti J. Niko (shu sababli oʻsimlik Nicotiana tabacum, alkaloidi nicotine deb nomlangan) olib kelgan (1560). Nikosiya 1828-y. da oʻsimlikdan ajratib olingan, 1904-y. da esa shveysariyalik kimyogar A. Pikte sintez yoʻli bilan olgan. Nikosiya kuchli zahar, uning bir necha tomchisi (200 g tamakidagi 100—200 mg miqdori) kishini oʻldirishi mumkin. Odam N. dan zaharlanganda koʻngli ayniydi, koʻsadi, ichi ketadi, nerv sis-temasi, nafas va yurak faoliyatining buzilishi kabi salbiy oqibatlar ke-lib chiqadi. Nikosiya sulfatning 40%li suvdagi eritmasi va tamakining suvdagi ekstrakti q. x. da insektitsid sifatida qoʻllanadi. Sanoatda Nikosiyadan nikotin kislota olinadi.