NIKOLAYEV VILOYATI

NIKOLAYEV VILOYATIUkraina tarkibidagi viloyat. 1937-y. 22 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 24,6 ming km2. Aholisi 1322,1 ming kishi (1997). Asosan, ukrainlar. Shuningdek, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. 19 tuman, 6 shahar, 19 shaharcha bor. Markazi — Nikolayev sh.

Relyefi tekislik; shim. dan jan. ga (Kora dengizga) pasaya boradi. Hududining koʻp qismi Kora dengiz boʻyi past-tekisligiga kiradi. Foydali qazilmalari: granit, gneys, oxdktosh, mergel, gil, kaolin, shagʻal, qum, qoʻngʻir koʻmir. Iqlimi moʻtadil kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27°, yanv. niki —4, —5°. Yillik yogʻin miqdori 300—350 mm, shim. da 450 mm. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryolari: Jan. Bug, Ingul, Ingules. Tuproklari shim. da oddiy qoratuproq, jan. da qoratuproq va toʻq kashtan tuproklar. Tabiiy dasht oʻsimliklari faqat jarlar yon bagʻirlaridagina saqlanib qolgan. Viloyat hududining 2% oʻrmon. Tulki, buri, malla to-vushqon, olaxurjun, yumronqoziq, kushlardan bedana, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak va gʻozlar, baliqchi, dasht dala toʻrgʻaylari bor. Dengiz va daryolarda baliq koʻp.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik, qisman kemasozlik. Dizel, gidroapparatura, murakkab energetika asbob uskunalari, metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. «Dormashina» (Nikolayev) z-di skreper, buldozer, asfalt yotqizuvchi mashina va yoʻl mashinalari ishlab chiqaradi. Oziqovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning eng yirik korxonalari: trikotaj, parfyumeriyashisha k-tlari, tikuvchilik fkalari, poyabzal f-kasi, uysozlik k-ti, devor bloklari, gʻisht, cherepitsa, ohaktosh z-dlari bor.

Q. x. mexanizatsiyalashgan, koʻp tarmoqli. Gʻalla, sabzavot-poliz, kartoshka, texnika, yem-xashak ekinlari ekiladi, tokzorlar, bogʻ va mevazorlar, yaylov va pichanzorlar bor. Baliqchilik va baliq ovlash bilan shugʻullaniladi. Asalarichilik rivojlangan. Chorvachilikning yetakchi tarmogʻi — goʻsht-sut yetishtirish. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. T. Y., avtomobil yoʻllari zich. Dengiz trans-porti muhim ahamiyatga ega. Porti — Nikolayev. 5 oliy oʻquv yurti, 2 muzey, 3 teatr, kutubxonalar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x