NIKEYa IMPERIYASI — Konstantinopol salibchilar tomonidan bosib olingach, Kichik Osiyoda vujudga kelgan davlat. Vizantiya imperiyasidan 1204-y. oxiri — 1205-y. boshlarida ajralib chiqqan uchta grek markazlaridan biri (N. i. Epir podsholigi va Trapezund imperiyasi). Poytaxti — Nikeya (hoz. Iznik). 1261-y. N. i. imperatori Konstantinopolni egallab poytaxtini shu yerga koʻchirgan. Natijada Vizantiya imperiyasi qayta tiklangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые