NIGER-KONGO TILLARI

NIGER-KONGO TILLARInigerkordofan tillari makrooilasiga mansub til oilasi. Afrikaning Sahroi Kabir jan. rogʻidagi katta hududda (Markaziy Sudan, Sharqiy va Jan. Afrikaning baʼzi mintaqalari bundan mustasno) keng tarqalgan. Umuman, bu tillarda 300 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. Son-sanoqsiz katta-kichik tillardan iborat. N.-k. t. amerikalik tilshunos J. Grinberg tasnifi boʻyicha 6 ta kichik oilaga boʻlinadi:

1) gʻarbiy atlantika tillari;

2) mande tillari;

3) gur (volta) tillari;

4) kva (gvineya) tillari;

5) benue-kongo tillari;

6) adamaua-sharqiy (adamaua-ubangi) tillari (oilachalar gʻarbdan sharqqa qarab sanalgan). Boshqa olimlarning fikricha, bu tasnif shartli, taxm. xususiyatga ega, chunki gʻarbiy atlantika va mande tillari oilachalari boshqalaridan sezilarli farqutanadi; aksincha, kva tillari benua-kongo tillariga juda yaqin turadi. N.-k. t. dan akan, bamana, volof, zande, igbo, yoruba, lingala, malinke, nyanja, rundi, sango, suaxili, fula, shona, eve kabilar 2,5 mln. dan 20 mln. gacha soʻzlashuvchisi boʻlgan tillardir. N.-k. t. ning baʼzi xususiyatlari va yozuvlari haqida q. Nigerkordofan tillari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x