Nido

Nido boshqa sheʼriy sanʼatlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuygʻulari poʻrtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, oʻzining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin. Masalan, “Rustamxon” dostonida Sultonxon Rustamga “qoʻzim” deb murojaat etadi:

 

Necha kun, necha tun orada oʻtdi,

Rustamga Sultonxon u soʻzni aytdi:

– Quloq solgin xon otangning tiliga,

Qoʻzim, ketayik-da Oqtosh eliga,

 

Boshqa bir gʻazalida esa lirik qahramon yorga: “Ey Yusufi husn”, – deya murojaat etadi.

Atoyining “Hajringda, begim, oh degumdur dagʻi oʻlgum” deb boshlanadigan gʻazali oshiqona boʻlib, unda suyuklisiga muhabbatni olamdagi hamma narsadan ortiq koʻradigan oshiq holati ifoda etilgan. Shoir oʻz dil izhorlarini, hurmat va ehtiromini “begim” soʻzida mujassamlashtira olgan.

 

Sensiz u jahon ayshi alamdur manga, ey doʻst,

Shodligʻi ham mehnat-u gʻamdur manga, ey doʻst.

(Atoyi)

 

Alisher Navoiy lirik qahramonining ichiga sigʻmay ketgan ruhiy holatini aks ettirish uchun tabiatga, aniqrogʻi tabiat hodisalaridan boʻlgan saboga murojaat etadi:

 

Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimgʻa ayt,

Yigʻlarimning shiddatin gulbargi xandonimgʻa ayt.

 

 

“Adabiyot” (Boqijon Toʻxliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. Oʻrta taʼlim muassasalarining 10-sinfi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari uchun darslik-majmua. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent–2017) darsligidan.

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/nido/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x