NEVROPATOLOGIYA (nevr… va patologiya) — nevrologiyaning klinik boʻlimi; nerv kasalliklarining sabablari, alomatlari va kechishini oʻrganadi; ularni aniqlash, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Nevropatologiya 19-a. ning oxirida terapiyadan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Qad. yunon, miyer manbalarida nerv sistemasi kasalliklari (epilepsiya, falaj va b.) haqida, qad. Xitoy tibbiyot risolalarida bosh, bel-dumgʻaza ogʻriganda igna sanchib davolash toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Bu sohadagi dastlabki ilmiy izlanishlar 20-y. larda mintaqamizda keng tarqalgan ensefalit, meningoensefalit, quturish kasalliklariga qarshi emlashdan soʻng paydo boʻladigan nerv kasalliklari, poliradikulonevrit va b. xas-taliklarni oʻrganishga bagʻishlandi. 40—50-y. larda virusli neyroinfek-siyalar ustida tadqiqotlar olib borildi. Neyrorevmatizm va neyroton-zillyar kasalliklar tasnifi yaratildi (A. R. Rahimjonov); surunkali lep-tomeningit kasalligi har tomonlama oʻrganildi va uni davolash yoʻl-yoʻriqlari taklif etildi (N. M. Majidov). Bolalar revmatizmida irsiy omillar roli oʻrganildi (Sh. Sh. Shomansurov, O. T. Majidova va b.). Gemorragik insultni xirurgik usulda davolash yoʻllari ishlab chiqildi (M. H. Qoriyev).
Hoz. markaziy va periferik nerv sistemasi jarohatlari va ularning asoratlari, miya kon tomirlari kasalliklari (insult, anevrizma va b.), tugma kasalliklar (orka miya churrasi va b.), shuningdek, bir necha nerv kasalliklari ustida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Nevropatologiya sistemasi kasalliklarini anik,lashda reografiya, exoensefalografiya, kompyuter tomografiyasi, magnitrezonans tomografiyasi kabi zamonaviy usullardan foydalaniladi.
Nerv sistemasi kasalliklarini davolashning xirurgik usullarini neyroxirurgiya ishlab chiqadi, psixik kasalliklarni psixiatriya oʻrganadi. Nevropatologiya nerv sistemasining tuzilishi va funksiyasini oʻrganadigan nevrologiya bilan uzviy boglangan. Zamonaviy dori-darmonlar va davo usullari nerv sistemasi kasalliklarini muvaffaqiyatli davolash imkonini bermoqda.
Ad.: Majidov Nevropatologiya, Abduhakimov F. T., Umumiy nevropatologiyadan amaliy mashgʻulotlar uchun qoʻllanma, T., 1961; Majidov Nevropatologiya, Umumiy nevropatologiya, T., 1973.