NEVRASTENIYA

NEVRASTENIYA (nevr… va yun. astheneia — darmonsizlik) , astenik nevroz, asab toliqishi, asab ojizligi — nerv sistemasinnng uzoq vaqt oʻta tol i kishi, yaʼni ruhiy iztirob natijasida kelib chikadigan kasallik, nevrozlarning bir turi Nevrasteniyaga intoksikatsiya (koʻpincha alkogoldan), infeksiya, oʻta toliqish, toʻyib ovqatlanmaslik, bosh miya shikastlanishi, shuningdek, tez-tez asabga tegadigan va darmonni quritadigan vaziyatlar, kechasi kam uxlash va b. sabab boʻladi. Nevrasteniyada, asosan, asteniya sindromiga xos alomatlar yuzaga keladi. Bunda bemor sal-biy taʼsirotlarga oson beriluvchan, serzarda, jahldor, tez charchaydigan boʻlib qoladi, madori quriydi, yotganida tez uxlab qolib, salgina shovqinga uygʻonib ketadi. Bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi faoliyatining buzilishi tufayli oliy nerv faoliya-tida qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining munosabatlari buzilib, avval birinchisi, keyinroq ikkinchisi ustunlik qiladi. Nevrasteniya alomatlari ham ana shunday kelib chiqadi, dastlab bemor taʼsirchan, jahldor, bezovta, keyinchalik charchagan, boʻshang, horgʻin, uyquchan, kayfiyati buzuq, xotirasi pasaygan ahvolgatushadi. Hissiyot ojizligi, sezgilarning oshishi, teri se-zuvchanligining ogʻriqli darajagacha ortishi, betoqatlik, shu vaqtning oʻzida ruhiy va jismoniy toliqish, diqqat va xotiraning pasayishi kuzatiladi. Nevrasteniyaga xos alomatlardan biri uy-quning buzilishi va tez-tez bosh ogʻrib turishidir. Uyqu juda yuzaki boʻlib, aksariyat hollarda betoʻxtov davom etib, tush koʻrish b-n kechadi. Kunduzi esa uyqu bosadi, bemor uyqudan turganida kuchli charchagan, horgʻin boʻladi. Nevrasteniyada koʻp uchraydigan belgilar — bu turli-tuman somato-vegetativ va nevrologik buzilishlardir. Bunga ishtahaning buzilishi, ogʻiz qurishi, kekirish, koʻngil aynishi, ich dam boʻlishi, qab-ziyat, koʻp terlash, tomir urishi va ar-terial bosimning oʻzgaruvchanligi, koʻz qovoklari va barmoqlarning titrab turishi (tremor), pay reflekslarining kuchayishi, jinsiy faoliyat su-sayishi va h. k. kiradi. Bu alomatlar bemorning umumiy ahvoli yaxshilanishi bilan tezda oʻtib ketadi. Nevrasteniyada mehnat qilish va dam olishni toʻgʻri uyushtirish, sport b-n shugʻullanish, sayr qilish, suv muolajalaridan foydala-nish, vitaminli ovqatlar isteʼmol qilish, oilada, ishda tinch va xotir-jam boʻlish bemorning tezda sogʻayib ketishiga olib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x