NEVEROV

NEVEROV A. (taxallusi; asl ismsharifi Aleksandr Sergeyevich Skobelev) [1886. 12(24).12, Stavropol uyezdi, Novikovka qishlogʻi — 1923.24.12, Moskva) — rus yozuvchisi. Qishloq maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Deh-qonchilik hayotidan olingan ilk hiko-yasi 1906-y. da nashr etilgan. 1917-y. gacha boʻlgan ijodida, asosan, yarim och, yarim yalangʻoch holda yashagan dehqonlar va qishloq ziyolilari hayoti tasvirlangan. Oʻtgan asrning 20-y.

lari boshlarida Volga boʻylarida avj olgan ochlik Neverovni rizq-roʻz axtarib Oʻrta Osiyoga kelishga majbur etgan. Shu davr taassurotlari Neverovning qator hikoyalari va «Toshkentnon shahri», «Gʻozu oqqushlar» (1923) kabi qissalarida oʻz ifodasini topgan. Mishka Dodonovning mehridaryo kishilar tufayli omon qolishi tas-viriga bagʻishlangan «Toshkent — non shahri» qissasi Neverov ijodida alohida oʻrin egallaydi. Qissa oʻzbek tiliga tar-jima qilingan va shu asar asosida kinorejissyor Sh. Abbosov ayni nomda kinofilm yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x