NEVA

NEVA (fincha neva — botqoqlik) — RF Leningrad viloyatidagi dare. Uz. 74 km, eni 1300 m gacha, havzasining mayd. (Ladoga, Onega koʻllari va b. ning xavzasi b-n birga) 281 ming km2. N. havzasining oʻzi 5000 km2. Ladoga koʻlidan boshlanib, Boltiq dengizi Fin qoʻltigʻining Neva qoʻltiqchasiga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi dare quyilish joyida 2530 m3/sek. Jan.-gʻarbiy va gʻarbiy shamollar Fin qoʻltigʻi va Nevaning quyi oqimidan suvni haydaydi, natijada suv sat-hi koʻtariladi va ayrim vaktlarda Sankt-Peterburgda suv toshadi. Dek. da muzlab, apr. oxiri — may boshlarida muzdan boʻshaydi. Irmoqlari: oʻngdan — Oxta; chapdan — Ijora, Tosna, M ga. Nevada kema qatnaydi: N. Volga—Boltiq suv yoʻlining bir qismi hisoblanadi. Nevaning deltasidagi 42 ta orolda SanktPeterburg sh. joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x