«NESTLE» (Nestle — nemis tilining Shveysariya shevasida «jajji uya») — Shveysariyadagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri.
Shveysariyalik farmatsevt Genri Nestli 1866-y. da ona suti yetishmasligi oqibatida goʻdaklar oʻlimining oldini olish maqsadida sut, bugʻdoy uni va shakarning turli nisbatlarda aralashtirib ona suti oʻrnini bosadigan «Nestle sut uni»ni yaratdi va uni i. ch. ni yoʻlga qoʻydi.
«Nestle», asosan, turli sut mahsulotlari, sut aralashmalari, mineral suvlar, alkogolsiz ichimliklar, bolalar oziqovqatlari, kofe, konservalangan va parhez mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi. Kompaniya ishlab chikaradigan oziqovqat mahsulotlarining turi 8 mingdan ortiq.
Kompaniyaning 70 ga yaqin davlatlarda 500 dan ortik, korxonalari bor. Kompaniya koʻpgina mamlakatlardagi parfyumeriya, kosmetika va farmatsevtika sanoati korxonalari aksiyalarining ham egasidir. Daromadi hajmi jihatidan Yevropada 8-, dunyoda 31-oʻrinni egallaydi.
2001-y. da umumiy savdo hajmi 84,7 mlrd. Shveysariya frankini tashkil etdi. Jami ishchixizmatchilari soni — 230 ming kishi.
«Nestle» Oʻzbekistonda 1996-y. dan faoliyat koʻrsatadi. Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan. 1998-y. Namangan «Nafosat» aksiyadorlik jamiyati (so-biq Namangan sut zavodi)ning 34,9% aksiyasini 287 ming AQSH dollariga sotib oldi. 1999-y. da esa ushbu korxona negizida «Oʻzbekiston-Nestle» korxonasi tuzildi. Kompaniya 2002-y. fev. da qiymati 30 mln. AQSH dollari boʻlgan Namangan bolalar oziq-ovqati z-dini ishga tushirdi. 3-d uzoq saqlanadigan sut va yogurt, turli xildagi sut qorishmalari ishlab chiqaradi. 2002-y. da yiliga 22 mln. litr maʼdanli ichimlik suvini i. ch. yoʻlga qoʻyildi.