NESMEYANOV Aleksandr Nikolayevich [1899.28.8(9.9) — Moskva — 1980.17.1] — rus organik kimyogari, SSSR FA akad. (1943), prezidenti (1951—61). Asosiy tadqiqotlari me-tallorganik birikmalar kimyosiga bagʻishlangan. 1929-y. da simoborganik birikmalarni diazousul yordamida sintezlashni taklif etdi. Bu usul keyinchalik Sn, Pb, Ti, Sb, Bi kabi metallorganik birikmalarga ham qoʻllanildi (Nesmeyanov reaksiyasi). Mg, Zn, Cf, Al, Te, Sn, Pb, Sb, Bi kabi metallorganik birikmalarni simoborganik birikmalardan sintezlab olishning oson va qulay usulini ishlab chikdi. Xloron, bromon va ta-riarilokson birikmalarini birinchi boʻlib sintez qildi; metallotro-piya hodisasini kashf etdi.
As: Izbr. trudы v 4-x t., 1—4, M, 1959; Ximiya ferrotsena, 1969; Issledovaniya v oblasti organicheskoy ximii, M., 1971.