NERON

NERON (Nero) Klavdiy Sezar (3768) — Rim imperatori (54—68); Yuliyklavdiylar sulolasidan. Bagʻritosh, takabbur, maishatboz boʻlgan. 59 y. Oktaviyga onasini oʻldirishni, 62 y. esa xotinini oʻldirishni buyurgan. 64 y. Rimning katta qismiga oʻt qoʻygan, bunda uni qoʻli borligida shubha qilishmasligi uchun Rim xristianlarini taʼqib eta boshlagan. Keyinchalik shaharni tiklash uchun provinsiyalar aholisidan olinadigan soliqlarni keskin oshirgan. Bu N. ga karshi norozilikni kuchayishiga sabab boʻlgan. Neron qatagʻon siyosati va aholi mol-mulkini musodara qilish bilan Rim jamiyatining turli qatlamlarini oʻziga qarshi qilib qoʻygan. Xalq koʻzgʻolon koʻtarishidan xavfsirab, Rimdan qochgan va oʻzini oʻzi oʻldirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x