NEPALLAR (kxaslar, oʻzlarini — nepali deb atashadi) — 1) xalq, Nepalning asosiy aholisi (11,3 mln. kishi, 1990-y. lar oʻrtalari). 2,1 mln. kishi Hindistonda yashaydi. Nepal tilida soʻzlashadi. Dindorlari — hinduizmga eʼtiqod qiladi. Antropologik jixatdan mongoloid va yevropeoid irklariga boʻlinadilar. Nepallarning shakllanishida kxasi (gurkh) qabilalari ittifo-qiga kirgan xalqlar yetakchi rol oʻynagan. Dehqonchilik (sholi), chorvachilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые