NEON LAMPA

NEON LAMPAelektr razryadining past bosimli neon gazida nurlanishiga asoslangan gaz-razryadli yorugʻlik manbai. Neon lampa 2 elektrod (anod va qiedirilmaydigan, shisha ballonga kavsharlangan katod)dan iborat boʻlib, ballon ichiga neon (Ne) yoki neon gazining geliy yoki argon gazlari bilan aralashmasi tuldiriladi. Bu turda Neon lampada gaz bosimi 25 —40 GPa ga yaqin boʻladi. Odatda, argon gazi razryadi yondiruvchi kuchlanishni kamaytirish uchun kiritiladi. Ammo bu holda shuʼlaning yorqinligi xam pa-sayadi. Neon lampa yorugʻligi binafshaqizil ran-gda koʻrinadi. Yorugʻlikning boshqa ranglarda (sariq, koʻk, yashil va b.) boʻlishi uchun ballonning ichki devoriga lyumi-noforlar yopishtiriladi.

Neon lampa oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tokda ishlaydi. Faqat u tok kuchini 0,20—30 mA gacha tushirib chegaralab beradigan toʻgʻrilagich rezistorlar bilan ketma-ket ulanib elektr zanjiriga qoʻshiladi. Neon lampada elektr razryad yonishi uchun kuchlanish 60—150 V, quvvati 0,01—3 Vt, shuʼla yorqinligi 50—600 kJ/m2 boʻlishi kerak. Neon lampa lardan signalizatsiya va yoritish tizimlarida, nazorat-oʻlchov apparatlarida, shuningdek, tasvirni maʼlum masofada turib qabul qiluvchi va uzatuvchi asboblar (televideniye) da keng foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x