NEOKEYNSCHILIK — iqtisodiyot ni tartibga solish boʻyicha nazariya, keynschiliknnng 2-jahon urushidan soʻng yuzaga kelgan, tarixiy sharoitga moslashgan shakli. Neokeynschilikning tanikli vakillari — R. Xarrod, N. Kaldor, J. Robinson, Ye. Domar, A. Xansen. Neokeynschilik 20-a. ning 50 – y. lari boshida jahondagi iqtiso-diy inqiroz, ilmiy-texnika inqilo-bi, mustamlakachilikning yemirilishi taʼsirida shakllandi. Yangi tarixiy sharoitda iqtisodiy oʻsish surʼatlari ancha pasaydi, inqirozlar davri tez-tez takrorlanadigan boʻlib qoldi. Bu sharoitlarda nazariya va iqtisodiy siyosat J. M. Keyns gʻoyalari bilan chegaralanishi mumkin emas edi. Neokeynschilik asosiy eʼtiborni kengaytirilgan takror i. ch. ning miqdoriy bogʻlanishlariga qaratdi. Iqtisodiy oʻsish muammolariga davlatning eng muhim iqtisodiy siyosati sifatida qaraladigan boʻldi. Neokeynschilikga koʻra, kapitalistik (bozor) iqtisodiyot yangi sharoitda iktisodiy muvozanatni sti-xiyali tartibga solish mexanizmini yoʻqotadi va uni davlat tomonidan do-imiy va bevosita tartibga solish za-rurati yuzaga keladi. Shu sababli iqti-sodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy muammolari ham oʻzgarib, inqirozga qarshi tartibga solishning bandlik nazariyasidan iqtisodiy usish nazariyasiga katta eʼtibor berildi.
Neokeynschilik metodologiyasida takror i. ch. muammolariga makroiqtisodiy, xalq xoʻjaligi nuqtayi nazaridan yondoshuv mavjud. Unda milliy daromad, umumiy ij-timoiy mahsulot, umumiy talab va tak-lif, umumiy investitsiya va b. kategoriyalardan foydalaniladi, ular takror i. ch. jarayonining baʼzi bir eng umumiy miqdoriy bogʻlanishlarini tahlil qilishga imkon beradi. J. M.
Keynsning takror i. ch., shuningdek, multiplikator nazariyasi toʻldiriladi. Neokeynschilik akselerator nazariyasini ilgari surdi. Ikkala nazariyani birlashtirish natijasida takror i. ch. ning kengayishini ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida emas, balki texnika-iqtiso-diy jarayon deb tushuntiriladi. Neokeynschilik tarafdorlari kengaytirilgan takror i. ch. ning oʻziga xos formulalarini yaratdilar va uni iqtisodiy oʻsish modellari, deb atadilar. Ye. Domar va R. Xarrod tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy oʻsish modelida (Xarrod — Domar modeli) iqtisodiyotni moʻtadil surʼatlarda oʻsishi dinamik bar-qarorlikning asosiy sharti sifatida qaraladi. Dinamik barqarorlik va do-imiy oʻsishga erishish avtomatik ra-vishda boʻlmasligi, balki davlatning iqtisodiyotda faol ishtiroki tufayli roʻy berishi mumkinligi taʼkidlanadi. Daromad oʻsishini taʼminlashda investitsiyalarning roli, i. ch. kuvvatlarining oshirilishi muhim, yaʼni iqtisodiy oʻsish bandlikka yordam beradi. Neokeynschilik taʼlimoti chuqur inqirozlar, urush va urushdan keyingi davrlar uchun samarali boʻldi. 20-a. ning 70-y. laridan boshlab Neokeynschilik taʼlimotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi boʻyicha neoliberalizm gʻoyalari oldingi oʻringa chikdi.
Abduxalil Razzoqov.