NENESLAR MUXTOR OKRUGI (1977 i. 7 okt. dan) — RF Arxangelsk tarkibidagi muxtor okrug. Shim. iktisodiy r-nga kiradi. 1929-y. 15-iyulda mil-liy okrug sifatida tashkil etilgan. Rossii Yevropa qismining chekka shim.gʻarbida joylashgan. Hududining asosiy qismi Shim. Qutbiy doyra orkasida. Oq, Barens, Pechora va Kara dengizlariga tutash. Kolguyev va Vaygach orollarini oʻz ichiga oladi. Mayd. 176,7 ming km2. Aholisi 46,6 ming kishi (1998). Rus, nenes, komilar yashaydi.
1 km2 ga 0,3 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 59,4%. Okrugda 1 shahar va 2 shaharcha bor. Poytaxti — NaryanMar sh.
Yer yuzasi asosan, tekislik, bir necha past togʻlar (kryajlar), Timan kryaji va Pay-Xoy tizmasi (bal. 467 m gacha) bor. Bolshezemelsk va Malozemelыj tundralari botqokdashgan. Iqlimi subarktika iqlimi, yozi salqin, qishi uzoq va sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —12° dan (jan.-gʻarbda) —22° gacha (shim.sharkda), iyulniki 6° dan (shim. da) 13° gacha (jan. da). Yillik yogʻin 350 mm gacha. Toʻngib yotgan yer koʻp. Vegetatsiya davri 72—110 kun. Eng katta daryosi — Pechora. Asosan, gleyli tundra va gleyli-torfli, jan.-gʻarbda gleyli-podzol tuproqlar tarqalgan. Hududining U4 qismi tundra zonasida. Dare vodiylarida tolzorlar bor. Dare kayirlari va Pechora deltasi oʻtloq. Hududining koʻp qismi bugu uchun yaylov. Oq tulki, oq sichqon, qushlardan tundra kakligi, gʻoz, oʻrdaklar yashaydi. Dare va dengizlar baliqqa boy.
Sanoati yogʻoch tilish, baliq konserva, goʻsht-sut korxonalaridan iborat. Neft, gaz, torf, qurilish materiallari konlari mavjud. Bugʻuchilik bilan shugʻullaniladi, dengizdan baliq ovlanadi. Burka tikish, sovgʻa buyumlari i. ch. anʼanaviy kayebkorlik hisoblanadi. Yirik korxonalari: «Pechorales», baliqchilik k-ti, Naryan-Mar yogʻ z-di va goʻsht k-ti. Bosh sanoat markazi — Naryan-Mar sh. Q. x. da sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Kartoshka, sabzavot, turneps ekiladi. Moʻynali hayvonlar ovlanadi. Pechora daryosida kema katnaydi. Dengiz portlari: Naryan-Mar, Amderma. Yuklar, asosan, avtomobil trans-portida tashiladi.