NEMET (Nemeth) Dyula (1890.2.11, Karsag) — venger sharqshunosturkshunosi. Vengriya FA muxbir aʼzosi (1922), akad. (1935), filol. fanlari d-ri (1916), Budapesht un-tining prof. (1916—64), Bolgariya FA va GDR FA muxbir aʼzosi (1954; 1955), Londondagi qirollik Osiyo jamiyatining faxriy aʼzosi (1955). Turkiya, Qrim, Kavkaz (qumuqlar) va Volga boʻyi xalqlari (chuvashlar)ning tillari, folklori, adabiyoti va etnografiyasini oʻrganish boʻyicha katta tadqiqotlar olib borgan. Runiy yozuv yodgorliklarini sharhlashdagi xizmatlari bilan turk-shunoslik faniga munosib hissa qoʻshdi. U venger runiy yozuvlarining 16 belgisi turkiy runiy yozuvlarining tegishli belgilariga juda yaqinligini, Talas vodiysidagi turkiy yozuv yodno-malari bilan qariyb oʻxshashligini aniqladi. Shuningdek, N. Urxun yozuvlarining oʻqilishiga ham tuzatishlar kiritgan. Uning «Usmoniy turk grammatikasi» asari turk tili boʻyicha muhim qoʻllanmadir. Bu kitob 1962-y. da ingliz tilida ham nashr etilgan. Nemetning turkiy lahjalar boʻyicha koʻp yillik tekshirishlarining yakunlari yirik asari — «Vidin turklari»da berilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые