NEKTARXOʻRLAR (Nektariniidae) – sayroqi chumchuqsimonlar oilasi. Uz. 9,5—25 sm. Tumshugʻi uzun, ingichka, koʻpincha pastga egilgan, narining patlari modasiga nisbatan chiroyli, yaltiroq. 8 urugʻi, 104—115 turi subtropik va tropik mintaqalar (Afrika, Jan. Osiyo, Shim.-Sharqiy Avstraliya) da tarqalgan. Oʻsimlik gullagan davrda oziq qidirib koʻchib yuradi. Buta va daraxtlarda yashaydi, togʻlarda 4000 m gacha balandlikda tarqalgan. Koʻpchilik turlari chiroyli sayraydi. Uyasini daraxtlar shoxining uchiga quradi. 1—3 ta tu-xum qoʻyadi. Hasharotlar, nektar va me-valar b-n oziklanadi. Nektarni daraxt shoxiga yoki gulga qoʻnib olib soʻradi. Kolibrlar qanot qoqib bir joyda ucha turib, nektar soʻradi. Nektarxoʻrlar oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. 1 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые