NEGIZ — soʻzning shaklini hosil qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan til birligi; soʻzning «oʻzak + yasovchi qoʻshimcha» shaklidagi qismi (ish — oʻzak, chi — soʻz yasovchi qoʻshimcha, demak: ishchi — negiz), undan keyin qoʻshiladigan qoʻshimchalar soʻzning grammatik shaklini hosil qiladi. Negizning hosil boʻlishi yangi lugʻaviy birlik bilan aloqador. Oʻzbek tilida qoʻshimchalar oʻzakdan keyin qoʻshiladigan xususiyatga ega boʻlganligidan, Negiz asosan «oʻzak + yasovchi qoʻshimcha» shak-lida boʻladi, lekin boshqa tillardan kirgan old qoʻshimchalar mavjudligi va bu qoʻshimchalarning soʻz yasovchilarga mansubligi Negizning «old qoʻshimcha + oʻzak» (badavlat), shuningdek, «old qoʻshimcha + oʻzak + yasovchi» (notinch) shakllari ham borligini koʻrsatadi. Demak, Negiz morfemalarning qoʻshilishidan hosil boʻladi, yaʼni qoʻshimcha or-qali oʻzakdan Negiz yaratiladi yoki bir Negizdan boshqa Negiz hosil qilinadi (Mas, temirchilik soʻzida temir + chi = birlamchi Negiz, temirchi + lik ikkilamchi Negiz va yasama soʻz tushunchalari oʻzaro aloqador, lekin boshqa-boshqa hodisalardir. Baʼzi adabiyotlarda asos, oʻzak-negiz terminlari ham Negiz soʻzining si-nonimi sifatida qoʻllanadi.
Nemat Mahkamov.