Henrix Heyne Parijga borganida muxlislaridan biri uni savolga tutadi:
– Bobongiz Solomon juda boy bankir boʻlgan, siz esa mashhur shoir boʻlib yetishdingiz. Buni qanday izohlash mumkin?
– Onam bolaligimda menga sheʼrlar oʻqib berardi, shuning uchun ulgʻayib, shoir boʻldim. Solomonning onajonisi esa unga qaroqchilar haqidagi ertaklarni aytib berardi, shuning uchun bobom bankirlikni tanladi. Hamma gap shunda!
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 10-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/nega-shoir-bolgansiz/