NEFUD — Arabiston ya. o. dagi bir necha qum choʻllari. Saudiya Arabistoni hududida. Eng yiriklari: Katta Nefud, Kichik Nefud va Nefud-Dahi.
Katta N yefud Arabiston ya. o. ning shim. qismida joylashgan. Mayd. 670 ming km2. Uz. 500 km, eni 300 km gacha. Bal. 600—1000 m li platoda joylashgan boʻlib, qum tepalar va toshloklardan iborat. Quruq oʻzan koʻp. Iqlimi tropik, keskin kontinental iklim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10° dan yukrri (baʼzan —11° gacha pasayadi), iyulniki 30° (maksimal t-ra 54°). Yillik yogʻin 100 mm. Kuchli shamollar esadi. Oʻsimliklari siyrak. Sirtlon, chiyaboʻri, ke-miruvchilar, kaltakesaklar yashaydi. Chekka qismida quduq va vohalar bor, koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan (qoʻy, tuya boqiladi). Kichik Nefud (Dahno) Arabiston ya. o. ning markaziy qismidagi choʻl, Katta Nefud bilan Rub ul-Xoli choʻllari oraligʻida. Uz. 1200 km, eni 20—70 km. Oʻrtacha bal. 450 m.
Qum uyumlari koʻchib yuradi. Oʻsimligi juda siyrak. Nefud-Dahi Arabiston ya. o. ning markaziy qismida. Uz. 500 km, eni 100 km gacha. Oʻsimligi juda siyrak, qum uyumlari koʻchib yuradi.