NEFT KIMYOSI

NEFT KIMYOSIkimyo fanining bir boʻlimi, neft va tabiiy gaz kom-ponentlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari va kimyoviy oʻzgarishlarini, shuningdek, ularni qayta ishlash jarayonlarini oʻrganadi. Neft kimyosi sohasidagi ilk tadqiqotlar 19-a. ning oxirgi choragida (taxm. 1880-y.) boshlangan boʻlib, bu vaqtga kelib dunyo miqyosida neft quduqdaridan yiliga 4—5 mln. t neft chiqarilgan. Neftni termik krekinglash paytida ajralib chiqadigan gazlardan sintez yoʻli bilan olingan izopropil spirt (1920, AQSH) N. k. ning sanoat mikyosidagi birinchi mahsuloti edi. 1950—1960-y. larda toshkoʻmirga nisbatan neft-gaz xom ashyolaridan organik sintezda koʻproq foydalanish Neft kimyosining kimyoviy-ilmiy tadqiqotlardan mustaqil yoʻnalish sifatida ajralib chiqishiga sabab boʻldi. Neft kimyosining bosh masalasi — neft va tabiiy gaz komponentlarini (asosan, uglevodorodlar, turli yonilgʻilar, surkov moylari, monomerlar, erituvchilar, sirt faol moddalar va b. olishda qoʻllaniladigan katta miqdordagi organik mahsulotlar) qayta ishlash jarayonlarini oʻrganish va samarali usullarini topishdan iborat. Shu maq-sadda Neft kimyosi neft uglevodlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari, uglevodorodlar aralashmalari va neft tarkibidagi geteroatom birikmalarning oʻzgarishini tekshiradi. Neft kimyosi muammolarni yechishda organik va fizik kimyo, mat., issiklik texnikasi, kibernetika va b. fanlarning usullari hamda yutuklaridan kompleks foydalanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x