NEFROSKLEROZ (yun. nephnos — buyrak, sklerosis — zichlashish) — buyrakni biriktiruvchi toʻqima qoplab ketishi natijasida uning qattikdashishi va «burishib» qolishi. Gipertoniya, piyelonefrit, buyrak sili, glomerulonefrit, buyrak-tosh kasalligi (nefrolitiaz) va b. da kuzatiladi. Nefrosklerozda, asosan, buyrakning mayda arteriyalari (arte-riolalari) shikastlanadi, ular burishib qolib parchalanadi, natijada buyrak epiteliysi nobud boʻladi. Asosan, tuzsiz parhez va kasallik alomatlariga qarab doridarmonlar buyuriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые