NEFRIT

NEFRIT (yun. nephros — buyrak) buyrak tuzilmalarining yalligʻlaniish b-n kechadigan kasalliklar guruhi. H.ia glomerulonefrish, piyelonefrit, tubulointerstitsial, irsiy, nefrotik sindrom va b. kiradi. Nefrit rivojlanishiga bir qancha patogen mikroorganizmlar (bak teriya, viruslar), organizmning son qotishi, immun yetishmovchiliklar va b. sabab boʻladi. Nefrit, asosan, immun sistema bilan bogʻliq kasallik. Kasalliknish rivojlanish mexanizmiga kura, immun-birikmali va autoimmun Nefrit tafovut qilinadi. Birincha holda, antigen-antitelo birikmasi qonda hosil boʻlib, boshqa aʼzo va toʻqimalar bilan bir qatorda buyrakda ham yigʻiladi va uni shikastlaydi. Autoimmui Nefritda esa buyrakda tuzilma elementlariga qarshi auto-antitelolar hosil boʻladi, ular ushbu elementlarga birikib yalligʻlanishni yuzaga keltiradi. Nefrit kechishiga koʻra, oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir, xavfli, tez rivojlanuvchi va surunkali xillarga ajratiladi. Oʻtkir Nefrit koʻpincha yilning sovuq fasllarida uchrab, shish, qon bosimining oshishi, peshob miqdorining kamayishi, unda oqsil, eritrotsitlar uchrashi kabi klinik alomatlar bilan kechadi. Oʻrtacha oʻtkir, xavfli va tez rivojlanuvchi Nefrit nisbatan kam uchraydi, kasallikning bu turlarida letallik juda yuqori. Surunkali Nefrit vakt-vaqti bilan zoʻrayib turadi va kasallikning hamma belgilari namoyon boʻlishi bilan kechadi.

Davosi. Parhez, peshob haydovchi, immun tiklovchi va b. dori-darmonlar buyuriladi. Organizmdagi infeksiya oʻchoklari aniqlanib, davolanadi. Ayrim ogʻirroq hollarda «sunʼiy buyrak» apparatidan foydalaniladi. Buyrak faoliyatini tiklash iloji boʻlmaganda bemorga soglom buyrak koʻchirib oʻtkaziladi (q. Transplantatsiya). Surunkali Nefrit b-n ogʻrigan bemorlar doimiy vrach nazoratida boʻlishi uchun roʻyxatga olinadi. Nefritning oddini olishda organizmni chiniqtirish, streptokokkli tonzillit, faringit kabi oʻtkir yuqumli kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlab davolash, uzoq vaqt sovuqsa qolmaslik lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x