NEFELIN

NEFELIN (frans. nepheline, yun. nephele — budut) — karkasli silikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi KNa3 [AlSiO4]4. Qoʻshimchalari Sa, Mg, goho Fe, Be, Cl, H2O, Ga. Geksagonal singoniyada kristallanadi. Zich donador agregatlar, kam hollarda qisqa prizmatik kristallar shaklida boʻladi. Qattikligi 5,5—6; zichligi 2600 kg/m3. Ulanish yuzasi nomukammal. Yaltiroqligi yogʻsimon. Koʻpincha rangsiz, pushti, kulrang yoki yashilroq. Kislotada oson parchalanadi. Nefelin — ish-qorli otqindi jinslarning asosiy mi-nerali. Alyuminiy, silikagel olishda (yoʻlakay soda ham olinadi) xom ashyo. Gipergen sharoitlarda gidroslyuda, montmorillonit, galluazitga, lateritli nurashda esa gibbsitga aylanadi. Nefelinning konlari RF (Kola ya. o., Ural), Oʻrta Osiyoda Quljuqtov (Qizilqumda), Olmaliq yaqinida va Olay togʻlarida, Grenlandiya, GFR, Keniya va b. joylarda bor. N. oyna va keramika i. ch. da va oʻgʻit sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x