NEBRASKA

NEBRASKA — AQSHning markaziy qismidagi shtat. Missuri daryosi havzasida. Mayd. 200,3 ming km2. Aholisi 1,7 mln. kishi (2002), shundan 66% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Linkoln sh. ; eng yirik shahri va sanoat markazi — Omaxa. Shtat qududining katta qismi Buyuk tekisliklarda, gʻarbiy chekkasida Qoyali togʻlarning tarmoqlari (eng baland joyi 1654 m) bor. Iqlimi moʻtadil kontinental iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 500—700 mm. Yirik daryolari — Missuri va Platt. Togʻ yon bagʻirlarida oʻrmonlar bor. Nebraska — agrar-industrial shtat. Q. x. tovar mahsulotining yarmidan koʻprogʻini chorvachilik beradi. Chorvachilik, aso-san, goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Nebraskaning sharqiy qismida dehqonchilik nisbatan rivojlangan. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori va bugʻdoy. Tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Shtatning gʻarbiy qismidagi dare vodiysida sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Rangli metallurgiya va q. x. mashinasozligi korxonalari bor. Nebraskada ozrok, neft qazib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x