NDOLA

NDOLA — Zambiyaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Kopperbelt provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 380 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. tuguni. Mis mintaqasining savdo markazi. DorussalomNdola neft quvurining soʻnggi punkti. Mamlakat rangli metallurgiya sanoatining asosiy markazi. Neftni qayta ishlash, kimyo, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, shina z-dlari, oziq-ovqat, metallsozlik, sement, mebel sanoati korxonalari, issiklik elektr st-yasi bor. Shaxarga 1902-y. da asos so-lingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x