NAZRULLAYEV

NAZRULLAYEV Ibodulla (1927, Gʻijduvon) — usta kulol, Gʻijduvon kulollik maktabining 6-avlod vakili. Gʻijduvon kulollik anʼanalarini rivojlantirgan. Gʻijduvonlik usta Usmon Umarovdan hunar oʻrgangan. Nazrullayev yaratgan buyumlar (kosa, lagan, piyola va b.) be-zagi nafis ranglar uygʻunligi va jilosi, mujassamotlar yechimi hamda jozibasi bilan ajralib turadi, anʼanaviy islimiy, handasiy naqshlarni keng qoʻllagan. Nazrullayev ijodida real mujassamotlar bilan bir qatorda afsonaviy qush tasvirlari ham oʻz aksini topgan. Ayniqsa, ustaning tovus tasviri tushirilgan (tovoqilabgardon kabi) laganlari mashhur; qoshiya naqshlarda anʼanaviy toʻlqinsimon oʻsimlik novdalari tasviri, handasiy naqshlarni keng qoʻllaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x