NAZIRA (arab.) — Sharq adabiyotidagi anʼanaviy usullardan biri; oʻtgan yoki zamondosh adib asariga oʻxshatma tariqasida yozilgan asar. N. ni mumtoz shoirlar tatabbu deb ham yuritishgan. Navoiy oʻz «Xamsa»sining Nizomiy «Panj ganji»ga tatabbu deb ataydi. Isteʼdodli naziragoʻy adiblar maʼlum bir asarga ijodiy yondashib, shu asar mavzuini boyitish va rivojlantirish, yangi muammo va gʻoyaviy motivlarni kutarish, yangi obraz va xarakterlar yaratishni maqsad qilgan. Oʻtmish shoirlarining yaxshi asarlariga Nazira yozish oʻzbek adabiyotida ham uchraydi. Habibiy, Sobir Abdulla, Charxiy va b. shoirlar Naziralar bitganlar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые