NAZAROV Baxtiyor Muhammadjonovich

NAZAROV Baxtiyor Muhammadjonovich (1942.2.5, Namangan viloyati Nanay qishlogʻi) — kino rassomi; Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1965) va Moskva kino sanʼati in-ti (1971)ni tugatgan. «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida bosh rassom (1983—90); ayni bir paytda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida teatr va kino dekoratsiyasi kafedrasi mudiri (1983—90). Nazarov «Seni kutamiz, yigit» (1971), «Shum bola» (1976), «Oltin moʻyna» (1980), «Hayot mazmuni» (1985), «Sharif — Maʼrif» (1992), «Sharshara sehri» (ijrochi prodyusser, 2003) va b. badiiy filmlar, teatr spektakllari uchun sahna bezaklari yaratdi. Nazarov xorijiy mamlakatlar filmlariga ham dekoratsiyalar yaratgan: «Buyuk Pyotr» (AQSH, 1983), «Shaxrizodaning soʻnggi ertagi» (1983 — 84), «Uch qirolning urushi» (MarokashItaliya-Ispaniya, 1989), «O, muhabbat» (Hindiston, 2001) va b. N., shuningdek, dastgoh rangtasvirida ham ijod qiladi: «Olim Xoʻjayev» (1973), «Lutfixonim Sarimsoqova» (1974), «Malik Qayumov» (1977) kabi portretlar; «Oʻzbekiston yoshlari», «Hindiston ayollari», «Kelinchak», «Ona» kabi turkum asarlari va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x