NAYROBI

NAYROBIKeniya poytaxti, 1700 m balandlikdagi yassitogʻlikda joylashgan. Iqlimi ekvatorial, mussonli iklim. Iyul oyining oʻrtacha t-rasi 15°, martniki 18,7°. Yillik yogʻin oʻrtacha 930 mm. Aholisi 2,07 mln. kishi (1998). Nayrobi maʼmuriy jihatdan provinsiyaga tenglashtirilgan poytaxt okrugini tashkil qiladi.

Shaharga 1899-y. da Mombasa — Kisumu t. y. ning qurilishi natijasida asos solingan. Keyinroq inglizlarning harbiy bazasi boʻlgan. 1963-y. dan mustaqil Keniya poytaxti. Nayrobi — t. y. va shosse yoʻllar tugun i. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo-sanoat markazi. Oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik, kimyo, qogʻoz, oynashisha, sement sanoati korxonalari mavjud. Milliy un-t, milliy muzey, Sorsbi badiiy galereyasi, milliy teatr, kutubxona, tad-qiqot markazlari bor. Shahar toʻgʻri burchakli reja asosida, binolar yevropacha usulda qurilgan. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x