NAYARIT — Meksikaning gʻarbiy qismidagi shtat, Tinch okean sohilida. Mayd. 27,6 ming km2. Axrlisi 919,7 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Tepik sh. Gʻarbiy Syerra-Madre tizmalari (bal. 2300 m) tor sohilboʻyi tekis-ligini Meksika yassitogʻligidan ajratib turadi. Iklimi yozi sernam, tropik iklim. Yillik yogʻin 1000 mm. Togʻ oralarida yogin miqdori 200—300 mm. Asosiy daryolari: San-Pedro, RioGrande-de-Santyago va b. Tekisliklarda doim yashil oʻrmonlar, togʻ etaklarida barg toʻkuvchi, balandroqda igna bargli daraxtlar oʻsadi. Xoʻjaligining asosini q. x. tashkil etadi. Asosiy ekinlari: tamaki, yer yongʻoq, shakarqamish, tropik mevalar. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati rivojlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые