NAY

NAY — puflab chalinadigan musiqa asbobi. Sharq mamlakatlari, xususan Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Nay boʻylamasiga va yonlamasiga ushlab chalinadi; yonlamasiga ushlab chalinadigan Naylar turi yetakchi xisoblanadi. Nayning eng kad. turi chupon Nay dir. Tayyorlanish materialiga kura turlicha nomlanadi: g-rov Nay, yogʻoch N., mis N. va h. k. Mazkur naylarning diametri 20—30 mm va uz. 450—520 mm boʻladi. Nay kanalining bir uchi (yuqorisi) tiqin bilan berkitiladi. Ana shu yuqorisiga yaqin yon tomonida puflanadigan teshigi hamda uning pastrogʻida 6 ta chalgich barmoq teshiklari boʻladi. Bu teshiklar barmoklar b-n toʻla yoki yarim ber-kitish va puflash kuchini oʻzgartirish natijasida 2,5 oktava diapazonidagi tovushqator hosil qilish mumkin. Barmoq bilan berkitiladigan teshiklarning qarama-qarshi tomonida tovushlar muvozanatini saklashga yordam beradigan 2 yoki 3 ta teshik ham boʻladi. Anʼanaviy oʻzbek va tojik cholgʻu ansambllari tarkibida Nay yetakchi sozlardandir. Kuy boshlanadigan pardaga bogʻliq holda Nayga moslab boshqa asboblar sozlangan. Shuning uchun naydagi barmoqchalgʻich teshikchalar berki-tilish soniga qarab milliy sozandalar orasida «besh qoʻl», «toʻrt qoʻl», «uch qoʻl» deb nomlanuvchi sozlash turlari qoʻllangan. Hozirda Nay asbobining oʻrni yakkanavoz va joʻrnavoz soz sifatida yanada kengaydi, undan xalq cholgʻu ansambllari va orkestrlarida foydalanishning yangicha usullari yuzaga keldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x