NAVROʻZGUL

NAVROʻZGUL (Primula) — navroʻzguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Yer yuzida 500 dan ortiq, Oʻzbekistonda 10 turi uchraydi. Dorivor Navroʻzgulning boʻyi 15—30 sm. Ildiz oldi barglari tuxumsimon, cheti toʻmtoq arrasimon, bandli, qanotchali. Toʻpguli soyabonsimon. Guli yirik, sariq. Mevasi — koʻp urugʻli, koʻngʻir, koʻsakcha. Bargi tarkibida S vitamini, karotin, saponin va b. birikmalar bor. Ildizi va ildizpoyasining qaynatmasi bronxit kasalligida balgʻam koʻchiruvchi dori sifatida, bargining damlamasi avitaminozda qoʻllanadi. Navroʻzgulning Oʻzbekistondagi turlari manzaralidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x